Oʻzbekiston paviloni Yaponiyada oltin medalga sazovor boʻldi
Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

Yaponiyaning Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston paviloni oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy mukofotga — “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor boʻldi.
“Biz taqdim etgan “Bilimlar bogʻi: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasida anʼanalar va innovatsiyalar uygʻunligi oʻz aksini topgan. Gʻoyamiz jahon hamjamiyatida keng koʻlamli aks-sado berdi.
Barchani ruhlantirgan professionallik va ushbu loyihaga boʻlgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozdi (https://t.me/SShMirziyoyeva/3211) Saida Mirziyoyeva.