platina.uz
Jahon

Isroil falastinlik asirlarni ozod etishga kirishdi

HAMAS esa urushda asir olingan barcha isroilliklarni qaytardi. Ayni damda AQSh rahbari Donald Tramp Isroilda boʻlib turibdi. 

Isroil falastinlik asirlarni ozod etishga kirishdi

Falastinlik asirlar bosqichma-bosqich ozod etila boshlandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil parlamenti bilan olib borgan muzokaralar natijasida falastinlik asirlar bosqichma-bosqich ozod qilinishi boshlanyapti.

Eng soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Gʻazoda qolgan barcha garovdagilar HAMAS asirligidan ozod qilindi va ikki yillik urushdan soʻng Isroilga qaytarildi. Isroil harbiylari tomonidan 13 kishilik garovdagilar guruhi endigina chegaradan olib oʻtildi, undan oldin esa 7 kishilik boshqa bir guruh ozod qilingan edi.

AQSh ilgari surgan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvning birinchi bosqichining bir qismi sifatida, umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan 250 nafar falastinlik mahbus ham ozod qilindi.

Shuningdek, Gʻazoda yuzlab odamlar 2023 yil 7 oktabrdan beri Isroilda saqlanayotgan 1 718 nafar falastinlik mahbusning ozod qilinishini kutmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Qoʻshma Shtatlar prezidenti 9 oktabr sanasida HAMAS va Isroil tomonidan maʼqullangan sulhni tuzishga erishgandi. Tramp xabarida sulhning birinchi bosqichida garovlarni ozod qilishni ikkala hukumatga ham yuklagandi.

Tramp hozirda Isroil parlamentiga yetib keldi va u yerda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Keyinroq u Knesset aʼzolariga murojaat qiladi hamda ayrim garovga olinganlarning oila aʼzolari bilan ham uchrashadi.

Shundan soʻng Tramp Misrga yoʻl oladi va u yerda 20 dan ortiq davlat rahbarlari Gʻazoning kelajagiga bagʻishlangan sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Gʻazo sektorida asirlarni almashish boshlangani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid