Erkinjon Turdimovning ukasi rahbarlik lavozimiga tayinlandi
U Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbarlik qiladi.

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning ukasi rahbarlik lavozimiga tayinlandi.
Turdimov Shavkatjon Oqboʻtayevich – Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Turdimov 1980 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, 2006 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.