platina.uz
Jamiyat

DXX Samarqandda Agroinspeksiya xodimini qoʻlga oldi

U yerning unumdorligiga zarar yetkazgan fuqarodan 3 ming dollar talab qilgan. 

DXX Samarqandda Agroinspeksiya xodimini qoʻlga oldi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Samarqand tumanidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalikda oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida xoʻjalikning 50 sotix yer maydonini ijaraga olib foydalanayotgan fuqaro tomonidan yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlanib, unga nisbatan chora koʻrmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan. Soʻngra muqaddam 500 AQSh dollari oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis qolgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid