platina.uz
Jahon

Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasida qurolli mojaro yuzaga keldi

"Tolibon" bir vaqtning oʻzida Kunar, Nangarhor va Hilmand viloyatlarida Pokiston pozitsiyalariga hujum uyushtirgan. 

Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasida qurolli mojaro yuzaga keldi

Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasida qurolli toʻqnashuv boshlandi.

Afgʻoniston harbiy-havo kuchlari Lahor shahriga havo hujumi uyushtirdi. "Tolibon" bir vaqtning oʻzida Kunar, Nangarhor va Hilmand viloyatlarida Pokiston pozitsiyalariga hujum uyushtirdi, deb xabar beradi Tolo News.

Tarixan bahsli hudud hisoblangan Durand chizigʻi boʻylab ogʻir qurollar ishtirokidagi toʻqnashuvlar sodir boʻlmoqda. Bir qancha hududlarda Pokiston qoʻshinlari oʻz postlarini tashlab, orqaga chekindi, Bahramcha tumanidagi bir chegara punkti afgʻon nazoratiga oʻtdi.

Janglar Qandahor viloyatining Shoʻrobak tumanini ham qamrab olgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuvlarda kamida 12 pokistonlik harbiy halok boʻlgan.

"Tolibon" bu operatsiya Pokistonning Afgʻoniston havo hududini buzib, payshanba kuni mahalliy bozorga zarba bergan harakatlariga javoban ekanini aytdi. Pokiston, oʻz navbatida, afgʻon kuchlarini tinch aholini nishonga olishda ayblab, “Hindiston misolida boʻlgani kabi qattiq javob berish” bilan tahdid qilgan.

2025 yilning may oyida Hindiston Pokistonga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Pokiston nazoratidagi Kashmirga zarbalar 26 kishi, jumladan, sayyohlar halok boʻlgan teraktga javob tariqasida berilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid