platina.uz
Jamiyat

Yana bir hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi

U yer ajratish va yuqoridagi tanishlari orqali rasmiylashtirish evaziga 15 ming dollar soʻragan.

Yana bir hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimining investitsiya boʻyicha oʻrinbosari mansab mavqeidan foydalanib, bir fuqarodan 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 200 AQSh dollari olgan.

U tuman hududidan oʻtgan katta yoʻl boʻyida 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga oʻtkazgan holda, buning hisobiga yuzaga keladigan 60 sotix yer maydonida har biri 30 kv/m boʻlgan jami 8 ta savdo doʻkoni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda hokim oʻrinbosari qolgan 14800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozir ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid