Andijondagi kanalda suv toshishi kuzatildi
Oqibatda bir nechta aholi yashash xonadonlarining tomorqasiga suv kirgan. Hozirda kanal suvi toʻxtatilgan.

Andijonda kanal toshib ketishi sabab, uylarning tomorqasini suv bosdi. Viloyat FVB bu haqda maʼlumot berdi.
Joriy yilning 11 oktabr kuni Andijon tumani "Qumkoʻcha" MFY hududidan oqib oʻtuvchi SRK-1 mahalliy kanalida suv xajmi ortib ketgani xisobiga qirgʻoq va dambalaridan qisman suv toshib chiqqan. Natijada bir nechta aholi yashash xonadonlarining tomorqasiga suv kirgan.
Hozirda Irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi tomonidan ushbu mahalliy kanalga suv tashlash toʻxtatilgan. Damba va qirgʻoqni muxandislik texnikalari bilan tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Hodisa joyiga FVB, hokimlik, qutqaruv boʻlinmalari hamda Irrigatsiya tizimlari kuch va vositalari yetib borgan.