platina.uz
Sport

Akbar Joʻrayev uch karra jahon chempioniga aylandi

Ogʻir atletika boʻyicha Norvegiyada oʻtkazilgan Jahon chempionatida yana bir oʻzbekistonlik Ruslan Nuriddinov bronza medalni qoʻlga kiritdi. 

Akbar Joʻrayev uch karra jahon chempioniga aylandi

Sportchi Akbar Joʻrayev uch karra jahon chempioni boʻldi.

Ogʻir atletika Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Akbar Joʻrayev va Ruslan Nuriddinov Norvegiyada oʻtkazilgan Jahon chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi.

110 kg vazn toifasida kechgan shiddatli bahslarda yurtdoshlarimiz jami 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, 33 yoshli Ruslan Nuriddinov bungacha Jahon chempionatlarida 3 ta oltin va 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. Endi esa uning shaxsiy sovrinlar jamgʻarmasiga yana 2 ta bronza medali qoʻshildi.

26 yoshli Akbar Joʻrayev esa ilgari Jahon birinchiliklarida 2 ta oltin medal sohibi boʻlgan. Bu safar u oʻz gʻalabalar roʻyxatini yana 3 ta oltin medal bilan boyitdi va shunday qilib, uch karra jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid