platina.uz
Jahon

Tramp emas: tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti egasi eʼlon qilindi

Venesuelalik sobiq deputat Mariya Korina Machado "demokratik huquqlarni ilgari surish yoʻlidagi tinimsiz harakati" sabab Nobelga loyiq koʻrildi.     

Tramp emas: tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti egasi eʼlon qilindi

Donald Tramp emas: Mariya Korina Machado tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.

Venesuelalik sobiq deputat “xalqning demokratik huquqlarini ilgari surish yoʻlidagi tinimsiz harakati uchun” tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

"Machado oʻtgan yili yashirinishga majbur boʻlgan. Hayotiga jiddiy tahdidlarga qaramay, u mamlakatda qoldi, bu tanlov millionlab odamlarni ilhomlantirdi. U oʻz mamlakati muxolifatini birlashtirdi", - deya bayonot beradi qoʻmita.

Yetti davlat esa AQSh prezidenti Donald Trampni tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod qilib koʻrsatdi. Ammo AQSh prezidentining omadi chopmadi.

Hatto Gʻazoda erishilgan tinchlik bitimidan keyin ham Trampga mukofot nasib etmadi. OAVga koʻra, qoʻmita mukofot egasini bitimgacha tanlab boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid