platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda 37 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchisi zaharlandi

Ular biokefir, pishloq va sariyogʻ kabi mahsulotlar isteʼmol qilishganligi aniqlangan. 

Jizzaxda 37 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchisi zaharlandi

Jizzaxning Forish tumanida oʻnlab bolalar zaharlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

2025 yil 9 oktabr kuni soat 9-00 lardan 16-00 ga qadar boʻlgan vaqt davomida Forish tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari isitma koʻtarilishi, koʻngil aynishi, qorin ogʻrigʻi, ich ketish va holsizlik kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan.

Shifokorlar tomonidan oʻtkazilgan epidemiologik surishtiruv davomida murojaat qilib kelgan bolalar 2025 yil 8 oktabr kuni maktabgacha taʼlim muassasalarida biokefir, pishloq va sariyogʻ kabi mahsulotlar isteʼmol qilishganligi aniqlanib, ularga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida “oʻtkir diareya” tashxisi qoʻyilib, statsionar ravishda tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Aniqlanishicha, Jizzax viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining dastlabki xulosasiga asosan Forish tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ommaviy zaharlanish yuzaga kelishida oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, ishlov berish jarayonlaridagi sanitariya qoida va normalarining buzilishi holatlari mavjudligi sababli inson organizmida oshqozon ichak hazm qilish tizimining buzilishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avval Toshkent viloyatida ham qariyb 2 ming nafar bola kefirdan zaharlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid