platina.uz
Jamiyat

Xorijiy tillarni oʻrganuvchi yoshlarga subsidiya beriladi

Subsidiya Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida taqdim etiladi. 

Xorijiy tillarni oʻrganuvchi yoshlarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori (632-son, 08.10.2025 y.) bilan “Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, "2+6" dasturi belgilangan xorijiy tillarni bilish boʻyicha ballning (darajaning) kamida minimal koʻrsatkichli sertifikatiga ega boʻlgan ariza beruvchi oʻquv markazi tomonidan unga xorijiy tilni oʻqitish xizmatini koʻrsatgani uchun dastlabki 2 oy uchun oʻqish xarajatini oʻz hisobidan toʻlaganda, keyingi 6 oygacha oʻqish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida subsidiya ajratilishini nazarda tutadi.

"2+6" dasturiga muvofiq, yoshlarga har oy yakuni boʻyicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:- Toshkent shahrida – BHMning 2 baravarigacha;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigacha;

- tuman (shahar)larda – BHMning 1 baravarigacha.

Agentlik tomonidan 2025–2026 yillarda oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan 20 ming nafargacha, 2031 yilga qadar har yili 20 ming nafargacha yoshlarga oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.

Bunda tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, oʻsha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar toʻxtatiladi.

Ariza beruvchilarning xorijiy tilni oʻqitish xarajati uchun:

- oʻquv markazlarining reytingini shakllantirish uchun belgilangan tartibda elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtgan;

- ariza beruvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi elektron platformaga integratsiya qilingan oʻquv markazlariga "2+6" dasturi doirasida subsidiya ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid