platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahri va Surxondaryoda advokatlar qoʻlga tushdi

Poytaxtda advokat fuqaroning ishini sud organlarida ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etib, yengillik qilib berish evaziga 3700 AQSh dollari olgan. 

Toshkent shahri va Surxondaryoda advokatlar qoʻlga tushdi

Ikki hududda advokatlar qoʻlga olindi.

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi, 1989 y.t. fuqaroga nisbatan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini oʻzgartirib berganligini aytib va ishni sud organlarida ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etib, unga yengillik qilib berish evaziga 3700 AQSh dollari olgan. Shu vaqtda u Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatalari olib borilmoqda.

Advokatlar bilan bogʻliq noqonuniy holat Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi.

Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati noqonuniy ravishda fuqarodan 60 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, advokat oʻzining sud tizimidagi tanishlari orqali JIB Denov tuman sudida koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan yengil turdagi jazo tayinlanishida yordam berishni vaʼda qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlangandi.

U jazo muddatini oʻtayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid