platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Toshkentda oʻtkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” koʻrgazmali forumiga mintaqaning asosiy sanoat va innovatsiya maydoni maqomini berish taklif etildi. 

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda qatnashdi.

Prezident strategik sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy barqarorlikni birgalikda taʼminlashga qaratilgan koʻplab tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan:

– birgalikda qabul qilingan qaror va loyihalar ijrosini tezlashtirish uchun hukumat rahbarlari oʻrinbosarlari darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash taʼsis etishni taklif qildi;

– tovar ayrboshlashni koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish jarayonlarini yengillashtirish maqsadida “Markaziy Osiyo – Rossiya agroekspressi” loyihasini ishga tushirishni taklif qildi;

– avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya aloqalari sohasida milliy dasturlarni uygʻunlantirish uchun mamlakatlarimiz Transport-logistika konturini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi;

– Buxoro shahrida ilgʻor muhandislik yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan “Markaziy Osiyo – Rossiya" sanoat injiniring xabini tashkil etishni taklif etdi;

– Toshkentda oʻtkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” koʻrgazmali forumiga mintaqaning asosiy sanoat va innovatsiya maydoni maqomini berish taklifi bilan chiqdi;

– atom energetikasi yoʻnalishida Mintaqaviy kompetensiyalar markazini Oʻzbekistonda tashkil etish, shuningdek, Moskva davlat muhandislik-fizika institutining Toshkent filiali negizida Kadrlar tayyorlash dasturini qabul qilish tashabbusini bildirdi;

– “Markaziy Osiyo va Rossiya energetik sherikligi” kompleks dasturini ishlab chiqish, shuningdek, uglevodorodlarni qidirish va qayta ishlash, energiya tejovchi va “yashil” texnologiyalarni joriy etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish tashabbusini ilgari surdi;

– Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar boʻyicha Mintaqaviy ekspert kengashini tashkil etish, shuningdek, mamlakatlarda “Skolkovo” innovatsiya markazi filiallarini ochishni taklif etdi;

– “Kelajak muhandislari” konsorsiumini tuzib, Markaziy Osiyo va Rossiyaning yetakchi oliygohlari va ilmiy markazlari salohiyatini birlashtirish hamda yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun Maxsus grantlar dasturini taʼsis etish gʻoyasini ilgari surdi;

– har yili oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati, sanʼati va ijodiyoti festivali — Etnomadaniyat forumini tashkil etish taklifini bildirdi;

– terrorizm, ekstremizm, kibertahdidlar va odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha birgalikda choralar koʻrish muhimligini qayd etdi hamda Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid