platina.uz
Jamiyat

Savdo-sanoat palatasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

Shahlo Ibragimova tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. 

Savdo-sanoat palatasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

Savdo-sanoat palatasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi.

Ibragimova Shahlo Alimbayevna Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda tadbirkorlik asoslariga oʻquvlarni tashkil etish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shahlo Ibragimova 1975 yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda bank tizimida boshlagan. Shu yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Markaziy saylov komissiyasi va Prezident Devonida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi oʻrinbosari sifatida ishlab kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid