OʻFA oʻyindagi janjal sabab "Paxtakor"ni jarimaga tortdi
“Andijon” klubi ham uchrashuvni tashkil etishda reglament talablariga rioya qilmagani uchun jazolandi. Qator futbolchilar diskvalifikatsiya qilindi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Mashʼal” — “Buxoro”
Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” — “Buxoro” uchrashuvining 30-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Frane Ikich raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Navbahor lochinlari”
Superliga 24-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 60-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Diyorbek Ortiqboyev raqib futbolchisiga oyoq tagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Andijon” — OKMK
Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Andijon” — OKMK uchrashuvida “Andijon” klubi uchrashuvni tashkil etishda reglament talablariga rioya qilmagan (stadion tablosi, reklama shitlari, homiylar roliklari ishlamagan).
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Andijon” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Neftchi” — “Andijon”
Superliga 24-turidan oʻrin olgan “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvidan soʻng “Neftchi” jamoasi futbolchilari mikst-zonadan harakatlanmasdan boshqa yoʻldan stadionni tark etishgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Neftchi” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 24-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Paxtakor” uchrashuvining 54-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari oʻzaro janjallashib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Paxtakor” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
OKMK — “Bunyodkor”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 20-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Aziz Xolmurodov simulyatsiya ishlatgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Aziz Xolmurodovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 87-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Martin Sroler oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Martin Srolerga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Shoʻrtan” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Paxtakor” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Shohruxjon Eshboʻtayev oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shohruxjon Eshboʻtayevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Qoʻqon-1912”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Qoʻqon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Akramov oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahzod Akramovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Frane Ikich oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Frane Ikichga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum” — “Nasaf”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suxrob Nurulloyev oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Suxrob Nurulloyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 68-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Bobomurod Bozorov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bobomurod Bozorovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 74-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Islom Kenjaboyev hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Islom Kenjaboyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Nasaf” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 88-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Jasur Azimov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jasur Azimovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 78-daqiqasida “Xorazm” jamoasi direktori Roʻzimboy Ahmedov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Roʻzimboy Ahmedovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Abduvohid Neʼmatov oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abduvohid Neʼmatovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo” — “Shoʻrtan”
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Dinamo” — “Shoʻrtan” uchrashuvidan soʻng “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Choriyor Tursunqulov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Choriyor Tursunqulovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Soʻgʻdiyona” — “Neftchi”
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Neftchi” uchrashuvining 84-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” jamoasi murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ivan Boshkovichga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 24-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Umidjon Ergashev oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Umidjon Ergashevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 24-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Jamshid Boltaboyev hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jamshid Boltaboyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Surxon” — “Dinamo”
Oʻzbekiston Superligasi 24-turidan oʻrin olgan “Surxon” — “Dinamo” uchrashuvining 84-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Edem Nemanov oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Edem Nemanovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Bunyodkor” — “Nasaf”
Oʻzbekiston Superligasi 24-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir Toʻraqulov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Amir Toʻraqulovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Oʻzbekiston kubogi
“Buxoro” — “Soʻgʻdiyona”
Oʻzbekiston kubogi yarim final bosqichidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 89-daqiqasida “Buxoro” jamoasi direktori Shavkat Salomov texnik hududga tushib hakamni haqorat qilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Proliga
“Olimpik” — “FarDU”
Proliga 15-turidan oʻrin olgan “Olimpik” — “FarDU” uchrashuvining 80-daqiqasida “FarDU” jamoasi futbolchisi Jahongir Shermatov raqib futbolchisiga oyoq bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Jayxun” — “Olympic Mobiuz”
Proliga 15-turidan oʻrin olgan “Jayxun” — “Olympic Mobiuz” uchrashuvining 30-daqiqasida “Olympic Mobiuz” jamoasi futbolchisi Muhammadali Reimov raqib futbolchisining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Lokomotiv” — “Aral”
Oʻzbekiston Pro ligasi 15-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” — “Aral” uchrashuvining 82-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Rahimjon Davronov oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
OʻFA avval Vadim Abramov, "Paxtakor" va "Mashʼal" klublarini jarimaga tortgandi.
Ushbu klublarga aloqador mualliflar "Telegram" tarmogʻida uchrashuv rasmiylariga nisbatan obroʻsizlantiruvchi fikrlar bildirishgan va hakamlarni tanqid qilishgan.