MO davlat rahbarlari maslahat kengashi noyabrda boʻladi
Toshkentda oʻtadigan ushbu tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari yigʻilishadi.

Noyabr oyida Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Dushanbe shahrida boʻlib turgan Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ushbu tadbirga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan batafsil fikr almashgan.
Suhbat avvalida Oʻzbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidentini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raisligi samarali boʻlgani bilan samimiy tabriklagan.
Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ham koʻrib chiqilgan.
Shuningdek, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, ortib borayotgan aviaqatnovlar soni, oʻzaro savdoni koʻpaytirish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga ham eʼtibor qaratilgan.
Eslatib oʻtish kerak, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvini oʻtkazish tashabbusi 2018 yilda Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan.