platina.uz
Iqtisod

Yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarning savdosi avtomatik cheklanadi

Bu raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlar uchun amal qiladi. Ushbu tartib 2026 yil 1 martdan boshlab joriy etiladi. 

Yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarning savdosi avtomatik cheklanadi

Yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarning savdosi avtomatik cheklanadi. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi.

“Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–296-son, 06.10.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2026 yil 1 martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati oʻtgan boʻlsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.

Bunda raqamli markirovkalangan muddati oʻtgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.

2025 yil 15 oktabrdan 2027 yil 1 yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

Isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025 yil 1 dekabrdan boshlab “isteʼmolchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid