Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi
Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan ikkita yirik tadbirda ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-10 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlat rahbari Dushanbe shahrida oʻtadigan "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.
Boʻlajak tadbirlar kun tartibidan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, energetika va infratuzilma sohalarida kooperatsiya qilish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari oʻrin olgan.
Yetakchilar xalqaro kun tartibi va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashning dolzarb jihatlarini ham muhokama qiladilar.
Sammitlar yakunida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator qoʻshma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.