platina.uz
Jamiyat

Mubashshir Ahmad 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Internetda unga tegishli sahifalar (kanallar) faoliyati toʻxtatilib, bloklanishi belgilandi. 

Mubashshir Ahmad 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Diniy ulamo Mubashshir Ahmadga nisbatan hukm eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida A. Tursunov (1974 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunladi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra A. T. Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

A. T.ga Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllagan holda 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Shu bilan birga Internet tarmogʻidagi Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, Telegram messenjeri hamda YouTube videoxostingidagi Mubaşşir Ahmad va Azon Global – Muqobil axborot-tahliliy kanali nomli sahifalar (kanallar) faoliyati toʻxtatilib, bloklanishi belgilandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudining ushbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Mubashshir Ahmad joriy yil mmay oyida Turkiyada ushlanib, Oʻzbekistonga keltirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid