platina.uz
Jamiyat

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mansabdori qamoqqa olindi

Ular Zangiota tuman sudida koʻrilayotgan   jinoyat ishini hal qilib berish evaziga pul olayotgan boʻlgan. 

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mansabdori qamoqqa olindi

Prokuratura organlari xodimlarining nokonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarga chek qoʻyish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tezkor tadbir oʻtkaziildi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman boʻlimi boshligʻi hamda Bekobod shahar boʻlimi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Maʼlum boʻlishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MChJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilib, hozirda jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudida koʻrilayotgan jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MChJda oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni vaʼda qilishgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, IJQKD xodimlari jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvi oʻtkazish orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MChJlarning norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming AQSh dollari ham olishgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid