platina.uz
Jahon

Fransiya sobiq bosh vaziri prezident Makron hokimiyatdan ketishi kerakligini aytdi

Mamlakatdagi siyosiy inqiroz sabab prezident muddatidan ilgari lavozimidan voz kechib, yangi saylovlarni oʻtkazishi kerak. 

Fransiya sobiq bosh vaziri prezident Makron hokimiyatdan ketishi kerakligini aytdi

Fransiyada siyosiy inqiroz kuchaymoqda. Ayrimlar Prezident Emmanuel Makronni muddatidan oldin vazifasidan ozod etishni eng toʻgʻri yoʻl deb hisoblamoqda.

Fransiyaning sobiq bosh vaziri Eduard Filipening taʼkidlashicha, mamlakat byudjetini qabul qilish uchun yangi bosh vazir tayinlanishi lozim.

Shundan soʻng u, siyosiy inqirozni hal etish maqsadida, prezident Emmanuel Makron muddatidan ilgari lavozimidan voz kechib, prezidentlik saylovlarini oʻtkazishi kerakligini aytgan.

Sobiq bosh vazir bu fikrni Fransiyada bir yil ichida uchinchi marta bosh vazir isteʼfoga chiqqanidan soʻng bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida, Felipe 2017 yildan 2020 yilgacha bosh vazir lavozimini egallagan va ayni damda Horizons partiyasining lideri hisoblanadi.

U “darhol va keskin" isteʼfoga chiqish tarafdori emasligini, biroq prezident oʻz vakolatiga munosib harakat qilishi kerakligini taʼkidladi.

Hozirgacha 47 yoshli Fransiya prezidentiga isteʼfoga chiqish boʻyicha bosim asosan chap radikal va oʻng qanot muxoliflaridan kelib chiqayotgan edi. Ammo endilikda uning ittifoqchilari tomonidan ham ochiq bayonotlar berilayotgani, mamlakatdagi siyosiy inqiroz qanchalik jiddiy tus olganini koʻrsatadi.

Eslatib oʻtamiz, Makron, 2017 yildan beri prezident lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning prezidentligi inqiroz yoqasiga yaqinlashganiga qaramasdan, davlat rahbari Parijdagi Sena daryosi boʻyida yolgʻiz yurgani, ortidan esa uning qoʻriqchilari ergashib borayotgani aks etgan video-tasvir olingan.

Avvalroq Fransiya bosh vaziri tasdiqlanganiga bir sutka boʻlmasdan isteʼfo bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid