platina.uz
Sport

Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston aralash jang sanʼati (MMA) assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

IIV rahbari bir vaqtning oʻzida voleybol federatsiyasi raisi ham sanaladi. 

Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston aralash jang sanʼati (MMA) assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston aralash jang sanʼati (MMA) assotsiatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda xabar Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Instagram sahifasida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi 2019 yil noyabr oyida tashkil etilgandi. Unga dastlab hozirda Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Otabek Umarov rahbarlik qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Aziz Toshpoʻlatov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimini ham egallab kelyapti. Bu lavozimga u 2025 yil aprelda saylangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid