platina.uz
Jamiyat

AES blokining xavfsizlik tahliliga qoʻyiladigan talablar belgilandi

Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini oʻtkazish uchun atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot masʼul sanaladi. 

AES blokining xavfsizlik tahliliga qoʻyiladigan talablar belgilandi

Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qoʻyiladigan talablar belgilandi.

“Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qoʻyiladigan” asosiy talablar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:

- atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligining ehtimoliy koʻrsatkichlarini hisoblash;

- ogʻir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;

- atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;

- atom elektr stansiyasi bloki tizimlarini (elementlarini) modernizatsiya qilish tadbirlarining atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligiga taʼsirini baholash.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

- xavfsizlik uchun muhim boʻlgan atom elektr stansiyasi bloki tizimlarining ishonchliligini baholash;

- nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;

- loyihaviy avariyalar uchun boshlangʻich hodisalar roʻyxatini asoslash;

-loyihadan tashqari avariyalar roʻyxatini asoslash.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini oʻtkazish uchun atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot masʼul hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid