platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi

Oʻzbekistonda qoʻshma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishi eʼlon qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ular turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan.

Jumladan:

- mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari boʻyicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qoʻshma uchrashuvini oʻtkazishni taklif etdi;

- Strategik sheriklik, abadiy doʻstlik va qardoshlik toʻgʻrisidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qoʻllab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi;

- Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik boʻyicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi;

- Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirib, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, "Turkiy yashil yoʻlaklar" tizimi va "Yashil transformatsiya" konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;

- Organik qishloq xoʻjaligi boʻyicha Ekspertlar guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga olib chiqishni taklif qildi;

- Oʻrta koridorni rivojlantirish va uni Xitoy – Qirgʻiziston - Oʻzbekiston temir yoʻli hamda Transafgʻon yoʻlagi loyihalari bilan bogʻlashni qoʻllab-quvvatladi, bojxona tartibotini raqamlashtirish va tariflarni optimallashtirish muhimligini taʼkidladi;

- Turkiy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini kengaytirish hamda xalqaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini qabul qilishni tavsiya etdi;

- Sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot boʻyicha “yoʻl xaritasi"ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro koʻrgazmasini Oʻzbekistonda oʻtkazish gʻoyasini ilgari surdi;

- Oʻzbekistonda qoʻshma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini eʼlon qildi;

- Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish boʻyicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi;

- 2026 yilda "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo maʼnaviy hayotida" mavzusida xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid