Ijro hokimiyatida 2 mingdan ortiq shtat qisqartiriladi
Bandlik vazirligi kasaba uyushmalari bilan birga shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻradi.

Ijro hokimiyatida 2 mingdan ortiq shtat birligi qisqartiriladi.
Prezidentning “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi. Farmon 2025 yil 4 oktabr kuni imzolangan.
Prezident farmoni bilan ijro hokimiyatining 2141 ta shtat birligi qisqartiriladi. Bulardan 1863 tasii byudjetdagi shtatlar, 278 tasi esa byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga bogʻliq shtatlar sanaladi.
Eng koʻp qisqartirishlar Soliq qoʻmitasi (486 ta), Suv xoʻjaligi vazirligi (224 ta), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (200) va Bandlik vazirligi (163 ta)da yuz beradi.
Bundan tashqari, qoʻmita, agentlik hamda inspeksiyalardagi 16 ta oʻrinbosar shtati tugatiladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi kasaba uyushmalari bilan birga shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻradi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlarida shtat birliklari 46 989 nafargacha qisqartiriladi.