Fizika boʻyicha Nobel mukofoti egalari eʼlon qilindi
Jon Klark, Mishel Devore va Jon Martinislar kvant mexanikasidagi fundamental kashfiyotlari sabab gʻolib boʻldilar.

Jon Klark, Mishel X. Devore va Jon M. Martinis fizika boʻyicha Nobel sohibiga aylandi.
Ular kvant mexanikasidagi fundamental kashfiyotlari uchun Nobel mukofotga sazovor boʻldi. Bu haqda Nobel fizika qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
“Fizika boʻyicha Nobel mukofoti Jon Klark, Mishel X. Devore va Jon M. Martinisga “makroskopik kvant-mexanik tunnel yaratish va elektr zanjirida energiyani kvantlashtirishni kashf etgani uchun” berildi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq fiziologiya va tibbiyot boʻyicha 2025 yilgi Nobel mukofoti laureatlari eʼlon qilingandi. Unga koʻra tadqiqotchilar Meri Brunkou (AQSh), Fred Ramsdell (AQSh) va Shimon Sakaguchi (Yaponiya) immun tizimini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda erishgan yutuqlari uchun mukofot oldilar.