Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
Yangi tartib 2026 yil 1 yanvardan yoʻlga qoʻyiladi. 50 ming dollar miqdorida maxsus yigʻim toʻlagan va Oʻzbekistonda bank hisobvaragʻini ochgan chet el fuqarolarga yengilliklar beriladi.

Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi.
“Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 04.10.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi:
- 50 ming AQSh dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlash;
- Oʻzbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.
Ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida turar joy koʻchmas mulk obʼektiga ega boʻlganda Oʻzbekiston soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.