platina.uz
Jamiyat

Prezident marhum Ismoil Joʻrabekov xonadoniga bordi

Qurʼon tilovat qilinib, duo oʻqildi. Joʻrabekov bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Davlat suv nazorati boshligʻi, Prezident maslahatchisi lavozimlarida ishlagandi.  

Prezident marhum Ismoil Joʻrabekov xonadoniga bordi

Prezident davlat va jamoat arbobi, suv xoʻjaligi vazirining maslahatchisi marhum Ismoil Joʻrabekov xonadoniga bordi.

Qurʼon tilovat qilinib, duo oʻqildi.

Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini, Vatanimizga xizmatlarini yodga oldi.

Ismoil Joʻrabekov 1931 yil 12 sentabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Mehnat faoliyati davomida suv xoʻjaligi sohasida masʼul lavozimlarda mehnat qilib, respublikamizda irrigatsiya va melioratsiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshdi. 1985 yilda Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Mustaqillik yillarida I.Joʻrabekov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Davlat suv nazorati boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib bordi.

Soʻnggi yillarda I.Joʻrabekov moʻʼtabar yoshda boʻlishiga qaramasdan, suv xoʻjaligi vazirining maslahatchisi sifatida xizmat qilib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.

Davlat va jamoat arbobi “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator” faxriy unvoni hamda davlatimizning bir qator yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Davlat rahbari marhumning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.

Ismoil Joʻrabekov joriy yil 28 sentabr kuni vafot etgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid