platina.uz
Jahon

Fransiya bosh vaziri tayinlanganiga bir oy toʻlmasdan isteʼfo berdi

Bu mamlakatda hukumat inqirozi davom etayotganini bildiradi. Milliy Assambleyadagi barcha partiyalar Lekornyu kabinetini keskin tanqid qildi. 

Fransiya bosh vaziri tayinlanganiga bir oy toʻlmasdan isteʼfo berdi

Fransiya bosh vaziri lavozimga tayinlanganiga bir oy boʻlmasdan vazifasidan ozod etildi.

Fransiya Bosh vaziri Sebastyan Lekornyu yangi hukumat tarkibi eʼlon qilinganidan bir sutka oʻtmay isteʼfoga chiqdi.

6 oktabr kuni bosh vazir prezident Emmanuel Makron bilan 1 soatcha uchrashgan.

Bu kutilmagan qaror Lekornyu avvalgi bosh vazir Fransua Bayru hukumati qulaganidan keyin atigi 26 kun oʻtib sodir boʻldi.

Milliy Assambleyadagi barcha partiyalar sobiq bosh vazir Bayru hukumati tarkibidan deyarli farq qilmagan Lekornyu kabineti tarkibini keskin tanqid qilib, uni rad etish bilan tahdid qilgan edi.

Qurolli kuchlar sobiq vaziri va Makronning sodiq tarafdori boʻlgan Lekornyu soʻnggi ikki yil ichida Fransiyaning beshinchi bosh vaziri edi.

Bayru hukumati sentabr oyida parlament uning tejamkorlik byudjetini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortganidan soʻng ishonchlilik votumidan mahrum boʻldi. Ushbu tejamkorlik harakati davlat xarajatlarini 51 milliard dollarga qisqartirishni maqsad qilgan edi.

Fransiyaning byudjet taqchilligi 2024 yilda YaIMning 5,8 foiziga yetdi, davlat qarzi esa YaIMning 114 foizini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich Yevrozonada Gretsiya va Italiyadan keyin uchinchi eng yuqori davlat qarzidir va har bir fransuz fuqarosiga deyarli 50 ming yevro toʻgʻri keladi.

Fransiyada 2024 yil iyuldan beri siyosiy vaziyat keskin beqaror boʻlib qolmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid