platina.uz
Jahon

Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi

Mukofot Meri E.Brunkou, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga periferik immunitetga chidamlilik boʻyicha kashfiyotlari uchun berildi. 

Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi

Meri E.Brunkou, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchi fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu haqda Nobel qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofot ularning periferik immunitetga chidamlilik boʻyicha kashfiyotlari uchun berildi.

Mukofotlanganlar immunitet tizimining tanaga zarar yetkazmasligini oʻrganishdi. Ularning tadqiqotlari shuni taʼkidlaydiki, kuchli immunitet tizimi nazorat ostida boʻlishi kerak, aks holda u organlarga hujum qilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yilda fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti Viktor Ambroz va Gari Ravkanga mikroRNKlarni kashf etgani va gen ekspressiyasini transkripsiyadan keyingi tartibga solishdagi roli uchun berilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid