platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi. Sammit mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik mavzusida boʻladi. 

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-7 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida oʻtkaziladigan yigʻilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunida tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator qoʻshma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid