platina.uz
Jahon

HAMAS tinchlik shartlariga qisman rozi: Tramp Isroil hujumlarni toʻxtatishi kerakligini aytdi

Guruh Isroilga asirlarni topshirish va hokimiyatni boshqalarga oʻtkazishga rozi. Ammo qurolsizlanish masalasi ochiq qolgan. 

HAMAS tinchlik shartlariga qisman rozi: Tramp Isroil hujumlarni toʻxtatishi kerakligini aytdi

HAMAS Gʻazo tinchlik rejasi doirasida mahbuslarni ozod qilishga tayyorligini bildirdi.

"Al Jazira" telekanali xabariga koʻra, guruh isroillik tirik garovga olinganlarni almashish va oʻlganlarning jasadlarini qaytarishga kelishib olgan.

Biroq, HAMAS tinchlik rejasining barcha bandlari bilan rozi emas, deb yozadi Reuters.

Masalan, Trampning rejasida aytilishicha, “Gʻazo texnokratik, siyosiy boʻlmagan Falastin qoʻmitasining muvaqqat oʻtish hukumati tomonidan boshqariladi”. Biroq, HAMAS Gʻazo boshqaruvini "Falastin milliy konsensusiga asoslangan va arab va islom koʻmagiga ega boʻlgan mustaqil texnokratlar guruhiga" oʻtkazishga roziligini bildirdi.

Trampning rejasida aytilishicha, HAMAS "Gʻazoni boshqarishda toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita yoki biron bir shaklda hech qanday rol oʻynamaslikka rozi boʻladi". Guruh oʻz javobida jangari guruh oʻzini “Falastinning keng qamrovli milliy tuzilishi”ning bir qismi sifatida koʻrishini aytdi.

Rejada "Gʻazoni qurolsizlantirish jarayoni" haqida ham soʻz boradi. Juma kungi bayonotida guruh demilitarizatsiya haqida izoh bermadi. Tashkilot avvalroq bunday chaqiriqlarni rad etgan edi.

Qurolli guruh tafsilotlarni muhokama qilish uchun zudlik bilan muzokaralarni boshlash niyatida ekanligini bildirdi.

Ushbu xabarlar fonida Tramp Isroilni Gʻazoni bombardimon qilishni darhol toʻxtatishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazo sektorini bombardimon qilishni darhol toʻxtatishi kerakligini aytdi.

“Truth” ijtimoiy tarmogʻidagi postida Tramp HAMASning pozitsiyasi uni “uzoq muddatli TINChLIK uchun tayyor ekanliklariga ishontirishini” yozgan.

"Isroil Gʻazoni bombardimon qilishni zudlik bilan toʻxtatishi kerak, shunda biz garovga olinganlarni tez va xavfsiz olib chiqishimiz kerak! Hozir buni qilish juda xavfli. Tafsilotlarni kelishib olish kerakligi haqida maslahatlashyapmiz", - deyiladi postda.

Eslatib oʻtamiz, Tramp aavvalroq Gʻazo boʻyicha 20 banddan iborat bitimni eʼlon qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid