platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada soliq katta inspektori 30 ming dollar bilan ushlandi

U qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 48 sotix yerni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga pul soʻragan. 

Fargʻonada soliq katta inspektori 30 ming dollar bilan ushlandi

Soliq idorasi xodimiga 30 ming dollar bilan ushlandi.

Fargʻona viloyati Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash – xizmat koʻrsatish boʻlimi katta inspektori oʻz ukasiga 2023 yilda Fargʻona tumani hududidan elektron auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq DXX tomonidan bojxona va soliq inspektorlari ushlangandi.

Jumladan, “Navoiy” chegara bojxona posti inspektori 7 kg oltinni hujjatsiz oʻtkazib berish evaziga 5 ming dollar olgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid