platina.uz
Biznes

MKBANK endi BNY Mellon bankida yevroda korrespondentlik hisobraqamiga ega!

Mazkur hisobraqamning ochilishi bank faoliyatida bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi.

MKBANK endi BNY Mellon bankida yevroda korrespondentlik hisobraqamiga ega!

"Mikrokreditbank" ATB xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 2025 yil 2 oktabr kuni yevro(EUR)da AQShning yetakchi moliyaviy instituti BNY Mellon bankida navbatdagi korrespondentlik hisobraqamini ochdi.

Mazkur hisobraqamning ochilishi bank faoliyatida muhim bosqich boʻlib, u bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Xalqaro hisob-kitoblarda qulaylik: EUR hisobraqami orqali boshqa davlatlardagi oʻzaro toʻlovlar yanada tezkor va samarali tarzda amalga oshiriladi.
  • Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish: yevroda hisob-kitoblar Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
  • Mijozlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar: yuridik va jismoniy shaxslarga xalqaro moliyaviy xizmatlardan foydalanishda yangi qulayliklar yaratiladi, bu esa ularning biznes faoliyatini yanada kengaytiradi.
  • Bankning xalqaro nufuzini oshirish: ushbu qadam "Mikrokreditbank" ATBning xalqaro moliya bozorida raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda dunyoning yirik moliyaviy institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

"Mikrokreditbank" ATBning yevroda korrespondentlik hisobraqami ochilishi bank mijozlariga global moliya tizimida yanada keng imkoniyatlarni taqdim etishi bilan bir qatorda, mamlakatimiz moliya sektorining xalqaro integratsiyasini ham kuchaytiradi.

Eslatib oʻtamiz, "Mikrokreditbank" ATB ilk bor 2025 yilning mart oyida BNY Mellon bankida AQSh dollarida, shuningdek 2025 yilning avgust oyida Xitoy yuanida korrespondentlik hisobraqamini ochgan edi.

Hozirda "Mikrokreditbank" ATB ODDO BHF (Germaniya), Aktif Yatirim Bankasi A.S. (Turkiya) kabi koʻplab xalqaro banklarda AQSh dollari, yevro va boshqa valyutalarda korrespondentlik hisoblariga ega.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid