platina.uz
Iqtisod

Isteʼmol sektoridagi tovar va xizmatlar narxi oshishi tezlashdi

Sentabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,9 foizga koʻtarildi. Asosan sabzavotlar, goʻsht va oʻsimlik yogʻi qimmatlagan. 

Isteʼmol sektoridagi tovar va xizmatlar narxi oshishi tezlashdi

Sentabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,6 foizga oshdi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning sentabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,6 foizga oshgan.

Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 108,0 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning shu oyiga (2024 yil sentabr — 110,5 %) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.

Sentabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,9 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga hamda aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan pomidorning (16,9 %), bulgʻor qalampiri (10,4 %), sabzi (7,7 %), tuxum (6,5 %), tarvuz (5,6 %), qovun (5,5 %), suyaksiz mol goʻshti (1,8 %), suyakli mol goʻshti (1,7 %), qoʻy goʻshti (1,5 %), parranda goʻshti (tovuq boldiridan tashqari) (1,2 %), tovuq boldiri va son qismlari (1,1 %), oʻsimlik yogʻlari (0,6 %), shakar (0,7 %) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy taʼsir koʻrsatdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlardan benzin (1,4 %), sement (2,9 %) va qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari (2,9 %), hamda xizmatlar yoʻnalishida muzeylarning xizmatlari (8,7 %) va haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslari (5,0 %) narxlari qimmatlashgani inflyatsiyaga oshishiga asosiy omil boʻlib xizmat qildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida 190 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Eslatib oʻtamiz avgustda isteʼmol sektoridagi tovarlar 0,4 foizga oshgandi. Oʻshanda asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tarvuz, qovun, karam, kartoshka eng koʻp qimmatlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid