platina.uz
Jamiyat

Ishlab chiqarilganiga 50 yil boʻlgan avtomashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hukumat loyihasi eʼlon qilindi. Yangi qoidalar 2026 yil 1 yanvardan joriy etilishi taklif qilingan. 

Ishlab chiqarilganiga 50 yil boʻlgan avtomashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Ishlab chiqarilganiga 50 yil boʻlgan mashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda hukumatning ayrim qarorlariga yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarori loyihasida aytiladi.

2026 yil 1 yanvardan ishlab chiqarilganligiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olishni taqiqlash hamda ular davlat roʻyxatidan chiqarilishi taklif etildi.

Loyiha muhokamasi 2025 yil 26 sentabr kuni boshlangan.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:

-ochiq konlarda (karerlarda) ishlovchi oʻziagʻdaruvchi yuk avtomobillari davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;

-umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq boʻlgan “N3” va “O4” toifadagi yuk tashuvchi va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karer) ishlovchi oʻziagʻdaruvchi yuk avtomobillari, shuningdek, “antikvar” avtomobillar uchun alohida roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;

-ishlab chiqarilganligiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat roʻyxatidan chiqariladi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno).

Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili mart oyida “Eng namunali yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlangan hudud” koʻrik-tanlovini oʻtkazib boradi.

Agar loyiha tasdiqlansa, qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid