AQShda karfentanil qurbonlari soni oshmoqda
Bu modda morfiyning 10,000 barobariga va fentanilning 100 barobariga teng kuchga ega.

AQSh sogʻliqni saqlash mutasaddilari Midland okrugi aholisini yana paydo boʻlayotgan karfentanil giyohvandlik vositasidan ogohlantirmoqda. Bu modda morfiyning 10,000 barobariga va fentanilning 100 barobariga teng kuchga ega.
Karfentanil aslida faqat yirik hayvonlar (masalan, fil va karkidon) uchun ishlab chiqilgan boʻlib, inson hayoti uchun xavfli moddadir.
Joriy yilning dastlabki yarmida Michigan shtatida karfentanil bilan bogʻliq 11 ta oʻlim holati qayd etilgan. Koʻpchilik hollarda karfentanil boshqa moddalar – kokain, benzoylekgonin va fentanil bilan birga aniqlangan.

Mutaxassislarning aytishicha, ushbu moddaning noqonuniy narkotiklar orasida tarqalishi dozadani oshirib yuborish va oʻlim holatlarining ortishiga olib kelishi mumkin, hatto opioidlarga yuqori chidamliligi boʻlgan odamlar orasida ham xavf yuqori.
Hozircha Midland okrugida karfentanil bilan bogʻliq holatlar aniqlanmagan, ammo rasmiylar bu modda inson hayoti uchun juda xatarli ekanini taʼkidlamoqda.