Subsidiyaga ariza qabul qilish boshlandi
Ipoteka subsidiyasi ball toʻplash asosida shakllantiriladi. Balllar asosida eng koʻp ustuvorlikka ega oilalar subsidiya olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish boshlandi.
2 oktabrdan Oʻzbekistonda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar uchun ariza topshirish jarayoni qaytadan ochildi.
Ariza berish usullari:
- davlat xizmatlari markazlariga borish orqali;
Onlayn: my.gov.uz orqali.
Ball toʻplash mezonlari
Hududlar (Qoraqalpogʻiston va viloyatlar):
3 431 700 soʻmdan 8 897 000 soʻmgacha maosh – 10 ball;
8 897 000 – 10 168 000 soʻmgacha maosh – 5 ball.
Toshkent shahri:
3 431 700 – 10 168 000 soʻmgacha maosh – 10 ball;
10 168 000 – 11 693 200 soʻmgacha maosh – 5 ball.
Qoʻshimcha mezonlar:
Turar-joyi yoʻq boʻlsa – 20 ball;
«Labor-migratsiya» dasturida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa – 10 ball.
Chekka hududlarda ishlaydigan mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, 30 yoshgacha yoshlar, ogʻir ahvoldagi ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar – 5 balldan.
Balllar asosida eng koʻp ustuvorlikka ega oilalar subsidiya olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Avvalroq oliy toifali oʻqituvchilarga ipoteka krediti berilishi maʼlum boʻlgandi.
Ushbu kredit boshlangʻich badalining 25 foizini davlat qoplab beradi. Pedagogning oʻqishga kirgan farzandi kontrakti uchun chegirma joriy etiladi.