platina.uz
Jamiyat

Prezident farmoni: boʻsh turgan yerlar elektron auksionga chiqariladi

Tushgan mablagʻlar esa hududiy infratuzilmani rivojlantirish va sugʻorish tizimlariga sarflanadi. 

Prezident farmoni: boʻsh turgan yerlar elektron auksionga chiqariladi

Boʻsh yerlar 10 kun ichida elektron auksion savdolariga chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishda yangi tartib oʻrnatiladi.

Prezident tomonidan 2025 yil 12 sentabr kuni “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yeridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–172-sonli Farmon imzolandi.

Unga koʻra, barcha tuman va shahar hokimliklari hududida mavjud boʻsh yerlar 10 kun muddatda davlat yer kadastrida qayd etiladi va yana 10 kun ichida elektron auksion savdolariga chiqariladi.

Auksionlardan tushgan mablagʻlar esa hududiy infratuzilmani rivojlantirish, jumladan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sugʻorish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi yerlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiriladi.

Farmon bilan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlarini qismlarga boʻlib qayta ijaraga berish huquqi joriy etildi. Endilikda ijara huquqi asosida ajratilgan yerlarning bir qismini boshqa shaxsga ijaraga berish mumkin boʻladi. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi yerlariga faqat ijara huquqi tan olinishi qatʼiy belgilandi.

Ijara muddati Oʻzbekiston fuqarolari va ularning tashkil etgan korxonalari uchun 30 yil, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar uchun esa 25 yil etib belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid