platina.uz
Sport

Oʻzbekiston va Ozarbayjon U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Bu haqda FIFA Kengashining navbatdagi yigʻilishida qaror qilindi. Bir yil avval Oʻzbekistonda futzal boʻyicha jahon chempionati tashkil etilgandi. 

Oʻzbekiston va Ozarbayjon U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon 2027 yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.

Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda kun tartibidan oʻrin olgan muhim masalalar qatorida 2027 yilgi 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati mezbonlari aniqlandi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar oʻrtasidagi mundialga mezbonlik qilishi belgilandi. Mazkur musobaqa FIFA tomonidan oʻtkaziladigan milliy terma jamoalar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yilda Oʻzbekistonda FIFA futzal Jahon chempionati tashkil etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid