Karomat Omonova jahon chempioniga aylandi
Para yengil atletika boʻyicha Nyu-Deli shahrida oʻtayotgan jahon birinchiligida oʻzbekistonlik sportchi Osiyo rekordini yangiladi.

Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi.
Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida oʻtkazilayotgan Jahon chempionatida navbatdagi medalga ega chiqdi.
Ayollar oʻrtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli hamyurtimiz Karomat Omonova 13.07 m natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelish barobarida Osiyo rekordini ham yangiladi.
Jahon chempionati
Ayollar oʻrtasida yadro uloqtirish dasturi (F46)
1.Karomat Omonova (Oʻzbekiston) - 13.07 (Osiyo rekordi)
2. Xolli Robinson (Yangi Zelandiya) - 12.86 (Okeaniya rekordi)
3. Keti Pegg (Kanada) - 12.76
Omonovaning ishtirokidan soʻng medallarimiz soni 8 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza.
Bellashuvlar davom etadi.