Ilon Mask boyligi yarim trillion dollarga yetgan ilk odamga aylandi
Tadbirkorning mablagʻlari 2024 yil dekabrida 400 mlrd dollardan oshgandi. Shu tendensiya davom etsa, u 2033 yilgacha ilk trillioner boʻlishi mumkin.

Ilon Mask 500 milliard dollar boyligi boʻlgan dunyodagi birinchi odamga aylandi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Forbes Real-Time milliarderlari maʼlumotlariga koʻra, Tesla va SpaceX asoschisining boyligi birinchi marta chorshanba kuni (1 oktabr) Amerika Sharqiy vaqti bilan soat 15:30da 500 milliard dollarga yetgan.
Ushbu yangilik ortidan, Tesla aksiyalari qariyb toʻrt foizga oʻsdi va biznesmenning boyligiga taxminan 9,3 milliard dollar qoʻshdi.
Mask ilk bor 2021 yilda Forbes jurnalining dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab, Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirdi. Oʻsha paytda uning boyligi 271,3 milliard dollarga baholangan edi. Oʻshandan beri milliarder bir necha bor pastga shoʻngʻib, keyin yana birinchi oʻrinni qaytarib oldi.
Tadbirkor oʻzining avvalgi rekordini 2024 yil dekabrida oʻrnatib, 400 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi birinchi odamga aylandi. Agar bu tendensiya davom etsa, Mask 2033 yil martigacha dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.