platina.uz
Jahon

Filippinda kuchli zilzila oqibatida 60 kishi halok boʻldi

Mamlakat seysmologiya instituti (Phivolss) maʼlumotlariga koʻra magnituda 7,0 ni tashkil etgan. Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan. 

Filippinda kuchli zilzila oqibatida 60 kishi halok boʻldi

Filippinning Sebu provinsiyasida sodir boʻlgan 6,9 magnitudali zilzila oqibatida 60 kishi halok boʻldi.

Qurbonlar haqida hanuzgacha toʻliq maʼlumotlar yoʻq, deb xabar bermoqda Reuters fuqarolik mudofaasi maʼmuriyati oʻrinbosari Raffi Alejandroning brifingiga asoslanib.

Zilzila 30 sentabr kuni kechqurun sodir boʻlgan va Visaya orollarining koʻp qismida hamda Luzon va Mindanaoning ayrim qismlarida sezilgan.

Zilzila 30 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 21:59 da (Toshkent vaqti bilan 18:59) Bogo shahridan 20 kilometr shimoli-sharqda sodir boʻlgan. Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti (Phivolss) maʼlumotlariga koʻra, u 7,0 magnitudali boʻlib, Bogo, Danbantayan, Medellin, San-Remixo va Tabuelanda sezilgan.

Bogodagi epitsentrda yuzlab yerosti silkinishlari qayd etilgan.

ABC-CBN News maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 400 yil ichida hududda buncha kuchli zilzila kuzatilmagan. Phivolss seysmologiya boʻyicha direktori Vinchell Sevilla xodimlar qoʻshimcha maʼlumot yigʻish uchun zilzila epsentriga yoʻl olishayotgani xabar qilingan.

Qurbonlarning jasadlari Bogo shahar shifoxonasiga yetkazilgan, deb xabar berdi tez yordam markazi.

Rasmiylarning maʼlum qilishicha, San-Remijio munitsipalitetida sport va dam olish markazi binosi qulab, vayronalar ostida odamlar qolib ketgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid