platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida zaharlangan bolalarning deyarli barchasi tuzaldi

Hozirda uch nafar bola shifoxonada qolgan. Ularning holati barqaror va avval mavjud boʻlgan kasalliklar sabab ushlab turilibdi, deyiladi izohda. 

Toshkent viloyatida zaharlangan bolalarning deyarli barchasi tuzaldi

Toshkent viloyatida zaharlanib shifoxonaga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi toʻliq sogʻayib, oilalari bagʻriga qaytdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekov bu haqda axborot berdi.

Uning aytishicha, Hozirda uch nafar bola shifoxonada qolmoqda. Ularning holati barqaror va avval mavjud boʻlgan kasalliklar sabab davolanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari oʻrganilmoqda. Kamchiliklar aniqlansa, tegishli shartnomalar qayta koʻrib chiqiladi yoki bekor qilinadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi joylarda koʻrsatilayotgan autsorsing xizmatlari sifati ustidan nazorat tizimi yanada kuchaytirilishini bildirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid