platina.uz
Sport

Manba: OʻFA Fabio Kannavaro bilan muzokara oʻtkazdi

2006 yilgi “Oltin toʻp” sohibi Kannavaro milliy jamoani boshqarishi mumkin. Avval Paulu Bentu rad javobi bergandi. 

Manba: OʻFA Fabio Kannavaro bilan muzokara oʻtkazdi

Italiyalik murabbiy Oʻzbekistonni boshqarishi mumkin.

Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 2006 yilgi “Oltin toʻp” sohibi Fabio Kannavaro bilan bogʻlangan. Uning milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishi masalasini muhokama qilingan.

Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga koʻra, ayni damda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi va Kannavaro oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.

Soʻnggi vaqtlarda OʻFA xorijdan faol tarzda murabbiy izlayapti.

Futbol boʻyicha Germaniya terma jamoasiga ustozlik qilgan germaniyalik murabbiy Yoaxim Lyov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan voz kechgani avvalroq xabar qilingandi.

Soʻngra Fotih Terim varianti ham koʻrib chiqildi. Shuningdek, portugaliyalik Paulu Bentu Oʻzbekiston taklifini rad etdi. Murabbiy OʻFA bilan shartnoma shartlarini kelisha olmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid