platina.uz
Jamiyat

Fuqarolar davlat boshqaruvini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi

Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari yagona ochiq portali “vacancy.argos.uz”ning yangi tahriri ishlab chiqildi. 

Fuqarolar davlat boshqaruvini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi

Davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni tanlab olish, kadrlar salohiyatini oshirib borish boʻyicha Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi faoliyat yuritmoqda.

Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari yagona ochiq portali “vacancy.argos.uz”ning yangi tahriri ishlab chiqildi.

Unda davlat fuqarolik xizmatchilari uchun vakant lavozimlarga ariza topshirish jarayonini mobil qurilmalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, nomzodlar uchun “demotest.argos.uz” tizimi joriy etildi. Test jarayonining shaffofligini oshirish va nazoratni kuchaytirish maqsadida “vacancy.argos.uz” platformasi orqali barcha hududiy filiallardagi nomzodlarning test topshirish jarayonini real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkoniyati joriy etildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga moʻljallangan Yagona onlayn masofaviy taʼlim platformasi “edu.argos.uz” takomillashtirildi.

Ayni paytda davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida 3 mingdan ortiq vakant lavozim uchun eʼlon qilingan tanlovlarga arizalar qabuli davom etmoqda.

Mavjud vakant lavozimlarning 2 ming 246 tasiga hujjat topshirish uchun ish staji talab qilinmaydi.

Agentlik tizimda ochiqlikni taʼminlashni kengaytirish, xalq bilan ochiq va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida @aloqa_bsa_bot’ni ishga tushirdi.

Ushbu bot orqali har bir davlat xizmatchisi, har bir fuqaro oʻz taklif va tashabbuslarini, sohaga oid fikr-mulohazalarini yuborishi mumkin. Qolaversa, Agentlik faoliyati bilan bogʻliq muammolar ham ushbu tezkor qayta aloqa kanali orqali qabul qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid