Eng koʻp soliq keshbegi toʻlangan hududlar maʼlum boʻldi
Toshkent shahri ushbu roʻyxatda yaqqol yetakchi. Poytaxtda bir oyda salkam 42 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

2025 yil avgust oyida qaysi hududlarda isteʼmolchilar koʻproq keshbekka ega boʻldi? Soliq xizmati bu haqda maʼlumot berdi.
Avgustda (26 sentabr holatiga) isteʼmolchilarga 121,8 mln chek uchun 99,8 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Eng kkoʻp keshbek Toshkent shahrida toʻlangan.

Toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga toʻgʻri kelmoqda:
-Toshkent sh. - 41,8 mlrd soʻm;
-Toshkent viloyati - 8,2 mlrd soʻm;
-Fargʻona viloyati - 7,1 mlrd soʻm;
-Samarqand viloyati - 6,9 mlrd soʻm;
-Namangan viloyati - 5,2 mlrd soʻm.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 1 yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor (BHMning) 60 baravarigacha oʻrnatildi. Bu har oyda 22,5 mln soʻmgacha xarid summasidan keshbek 225 000 soʻmgacha tasdiqlanadi.