platina.uz
Jahon

Tramp Rossiya hududiga uzoq masofali raketalar bilan zarba yoʻllashga ruxsat berdi

AQSh tomoni Kiyevni qanotli raketalar bilan taʼminlash imkoniyatini faol muhokama qilgan. Bu qaror Putinni muzokaralar stoliga oʻtirishga majburlash uchun qabul qilindi, deyiladi OAV xabarida. 

Tramp Rossiya hududiga uzoq masofali raketalar bilan zarba yoʻllashga ruxsat berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali raketalardan zarbalar berishga ruxsat berdi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Keyt Kellog Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Tramp, shuningdek, vitse-prezident J.D.Vens va Davlat kotibi Marko Rubio oʻzlarining ochiq bayonotlarida Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya hududiga chuqur zarbalar berish uchun oʻzlarining mavjud imkoniyatlaridan foydalanishi mumkinligini aniq koʻrsatgan. "Taqiqlangan hududlar yoʻq", deb taʼkidladi Kellogg.

AQSh Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy soʻragan 2500 kilometr masofaga uchuvchi “Tomahawk” raketalarini Kiyevga topshiradimi, degan savolga Kellog hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini aytdi. Avvalroq AQSh vitse-prezidenti J.D.Vens Oq uy Kiyevni qanotli raketalar bilan taʼminlash imkoniyatini faol muhokama qilayotganini maʼlum qilgandi.

"Bu boradagi yakuniy qarorni prezident qabul qiladi. Prezident Qoʻshma Shtatlar manfaatlariga mos keladigan qarorga keladi", - dedi Vens.

The Telegraph manbalariga koʻra, Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi uchrashuvda Trampdan “Tomahawk” raketalarini soʻragan. Uning qayd etishicha, bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokaralar stoliga oʻtirishga majbur qiladi. Keyinroq Zelenskiy Tramp uning iltimosini koʻrib chiqishga vaʼda berganini maʼlum qildi.

Ukraina rahbari, shuningdek, Rossiya kuch markazlariga zarba berishni taklif qildi. "Ular bomba boshpanalari qayerda ekanligini bilishlari kerak", dedi Zelenskiy Kreml rasmiylari haqida.

Avvalroq TheWall Street Journal manbalari Ukraina rasmiylari shu hafta Vashingtonga tashrif buyurib, Mudofaa vaziri Pit Xegset bilan Ukraina Qurolli kuchlarini "Tomahawk” raketalari va boshqa uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan taʼminlash imkoniyatlarini muhokama qilishini maʼlum qilgandi.

Biroq nashr manbalarining taʼkidlashicha, Tramp Zelenskiyga uzoq masofali zarbalarga qarshi emasligini aytgan boʻlsa-da, u bu borada hech qanday majburiyat olmagan. Avvalroq Tramp maʼmuriyati Kiyevga Rossiyaga zarba berish uchun raketalardan, jumladan, ATACMS'dan foydalanishga ruxsat bermagan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid