platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda havo harorati keskin pasayadi

Harorat kunduz kunlari 18-21 darajagacha, kechalari 8-13 darajagacha tushib ketishi xabar berildi. 

Oʻzbekistonda havo harorati keskin pasayadi

Oʻzbekistonda havo harorati keskin pasayadi.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 1-2 oktabr kunlari Oʻzbekiston hududiga salqin va nisbatan nam havo massalari kirib keladi.

Respublikaning ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati kunduz kunlari 18-21 darajagacha, kechalari 8-13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13-16 darajagacha, kechalari 4-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Joriy kuz beqaror ob—havosini sovuq antitsiklon chekkasi belgilashi oydinlashmoqda. Changli havolarga toʻqnash kelish ehtimoli yuqori.

Shimol hududlar va aholi istiqomad qiluvchi togʻli punktlarida ehtimoliy mavsum uchun ilk "tuproq sovuq urishi" kuzatilishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid