Ismoil Joʻrabekov 94 yoshida vafot etdi
U bosh vazir birinchi oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Prezident maslahatchisi kabi muhim lavozimlarda ishlagan.

Oʻzoq yillar Oʻzbekiston hukumatida muhim lavozimlarda ishlagan Ismoil Hakimovich Joʻrabekov 94 yoshda vafot etdi.
Ismoil Joʻrabekov 1931 yil 12 sentabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan. U uzoq yillar mobaynida qishloq xoʻjaligi va suv resurslari sohasida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
1956 yildan boshlab turli masʼul vazifalarni bajardi: Pastdargʻom tumani irrigatsiya tizimlari boshqarmasi muhandisi va rahbari, "Samarqandsuvqurilish" tresti boshligʻi, keyinchalik esa respublika melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri lavozimida ishladi.
Shuningdek, Joʻrabekov Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari, Davlat agrosanoat qoʻmitasi raisi, fuqaro muhofazasi ishlari boʻyicha vazir, Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan. U, shu bilan birga, Bosh vazir birinchi oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri sifatida ham ishlagan.
“Buyuk xizmatlari uchun”, “Doʻstlik” ordenlari bilan taqdirlangan.